Kun.uz muxbirlari holatni örganiş uçun borganida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş xodimlari kesilgan daraxtlarni sanayotgani ustidan çiqdi. Tuman ekologiya vakillariga köra, daraxtlarni kesiş uçun ruxsat olinmagan.

Tuman hokimligi vakillari avvaliga bu daraxtlar özi çirib qolgani, yölni kengaytirişga xalal bergani, şu sababdan olinganini ma'lum qildi. Keyinroq esa, kuçli şamolda daraxtlar sinib odamlar hayotiga xavf solgani uçun kesişga majbur bölişganini aytişdi.

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Iştixon tuman inspektori Safarboy Abdullayev daraxtlarni kesişga ruxsatnoma berilmaganini tasdiqladi.

«Bundan ikki kun oldin tuman obodonlaştiriş tuman bölimi xodimlari kelib mazkur daraxtlar şoxlari kuçli şamolda egilib, sinib, odamlar hayotiga, maşinalarga xavf solayotgani haqida murojaat qilgandi. Biz mas'ullarga daraxtlarni kesiş tartib qoidalarini tuşuntirdik. Ammo ruxsat berilgan emas, bizda bu vakolat ham yöq. Hozirgi hisob-kitobimizga köra, ikkita şumtol daraxti va oltita zarang daraxti kesilgani aniqlandi. Bu daraxtlar qimmatbaho daraxt turlariga kiradi. Hozirda jarima qöllaş uçun hujjatlar tayyorlanmoqda», dedi u.

Aytiş lozimki, holatni örganiş davomida bir neça tuşunmovçilik holatlari ham uçramoqda. Aytaylik, hokimlik quriliş bölimi vakili holat yuzasidan bu işga aloqador tuman yöl qurilişi bölimi tomonidan rasman izoh berilişini ma'lum qildi. Oradan biroz vaqt ötib bu iş obodonlaştiriş bölimi aybi bilan sodir bölgani aytildi.

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimi vakillari ham daraxtlarni obodonlaştiriş bölimi kesganini aytmoqda. Obodonlaştiriş bölimi boşliği esa daraxtlarni kesişga bu taşkilotning mutlaqo aloqasi bölmagani haqida aytib, daraxtlarni kim kesgani yuzasidan mutasaddilar suriştiruv ötkazib, xolis xulosa berişiga umid qilib qolişini bildirdi.

Qiziq. Şu bugun kesilgan daraxtlarning allaqaçon «egasi» yöq. Haqiqatan ham, holat tegişli taşkilotlar tomonidan örganilişi va baho berilişi lozim.