2007 yildan 2016 yilgaça Özbekistonda fuqarolikka qabul qiliş masalasi körib çiqilmagan, şu bois doimiy istiqomat qilib kelgan fuqaroligi yöq şaxslarga Özbekiston fuqaroligi berilmagan.

1991 yilda Özbekiston mustaqilligini e'lon qilgaç, şu yerda tuğilib, taqdir taqozosi bilan boşqa ittifoqdoş respublikalarga ketganlar qaytib kela boşladi. Ularning aksari 1995 yilgaça Özbekistonga köçib keldi. Biroq, ularning katta qismi yillar davomida vatanlarida ham fuqaroligi yöq şaxslar maqomida yaşaşlariga töğri keldi.

2016 yildan keyin qabul qilingan qator hujjatlar va prezidentning 100dan ortiq farmonlari bilan, ötgan salkam 5 yil davomida 60 mingga yaqin kişi fuqarolikka qabul qilindi.

Eng asosiy yangilik esa 2021 yil 14 iyunda “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi qonuniga qöşimça va özgartişlar kiritilgani böldi.

Qonunning bundan avvalgi tahriri qonun bilan, 1995 yil 1 yanvargaça Özbekistonga köçib kelgan şaxslarga fuqarolik beriş nazarda tutilgan va buning natijasida 50 mingga yaqin fuqaroligi yöq şaxslarga Özbekiston fuqaroligi berilgan edi. Yangi özgartişga asosan esa, 2005 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonga köçib kelgan, şuningdek, Özbekistonda uzluksiz 15 yil yaşayotgan şaxslar Özbekiston fuqaroligiga avtomatik ravişda qabul qilinadigan böldi.

Kun.uz Uçtepa tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimida bölib, qonun ijrosi bilan tanişdi hamda Özbekiston fuqaroligi uçun hujjat topşirgan şaxslar bilan suhbatlaşdi.

Feruza Pansxalova

«Oilaviy şaroitimiz tufayli sobiq ittifoq davrida Özbekistondan çiqib ketgan edik. 1995 yilda vatanga qaytdim. Şu vaqtga qadar fuqarolik ololmay kelayotgandim. Yaratganga şukr, prezident farmoni bilan, nihoyat, bizga fuqarolik berişmoqda. Hujjatlarni topşiramiz. Şunça yil yaşab, işlab keldik, afsuski, hatto Rossiyaga farzandimnikiga mehmonga bora olmasdim», – deydi Feruza Pansxalova.

Er-xotin Jamşid Imonberdiyev va Mohira Tursunboyevalarning aytişiça, ular Qozoğistonning Sözoq şahrida dunyoga kelişgan. 1995 yilda, ya'ni 10 va 3 yoşligida Özbekistonga ota-onalari bilan köçib kelişgan. Biroq şu vaqtga qadar Özbekistonda fuqaroligi yöq şaxs sifatida yaşaşga majbur bölişgan.