Rossiya federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburgda Estoniya boş konsulxonasi konsuli Mart Lyatteni qölga oldi.
Xabar qilinişiça, Lyatte Rossiya fuqarosidan maxfiy tusdagi ma'lumotlarni olayotgan vaqtda uşlangan.
«Bunday faoliyat diplomatik xodim maqomiga töğri kelmaydi va Rossiya Federatsiyasiga nisbatan duşmanona tusga ega», — deyiladi FXX bayonotida.
Ta'kidlanişiça, diplomatga nisbatan xalqaro huquq normalariga muvofiq çora köriladi.
Öz navbatida, Estoniya taşqi işlar vazirligi vakili Aari Lemmik uşbu holatni iğvogarlik deb atadi.
«Biz Rossiyaning harakatlarini qoralaymiz. Bu noqonuniy, iğvogarona va Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar hamda butun Yevropa Ittifoqiga zarar yetkazadi», — dedi Lemmik.
U konsulga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar asossiz, dalillar esa soxtalaştirilganini ta'kidladi.












