Özbekiston tumani Döstlarobod qörğonidagi korxonalardan birida muzqaymoq işlab çiqariladi. Mazkur Özbekiston-Bolgariya qöşma korxonasida ayni paytda muzqaymoqdan taşqari sut mahsulotlari ham tayyorlanib, kungaboqar pistasi ham qadoqlanadi. 

Tadbirkor Azizxon Alijonov boşçiligidagi  korxonada ayni paytda 30 nafardan ortiq xodim faoliyat körsatmoqda ekan. E'tiborlisi, korxonada 20 xil muzqaymoqlar tayyorlanib, Farğona viloyati hududlari böyiça iste'molçilarga yetkazib berilmoqda. 16 xildan ortiq sut mahsulotlari, 5 xil qadoqlangan kungaboqar pistasi ham xalq dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

Korxonaning savdo bölimi xodimi Sanjarbek Abdurahmonovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, korxona 2016 yilda taşkil topgan bölib, bu yerda Avstriya texnologiyasi asosida muzqaymoqlar işlab çiqariladi. Muzqaymoqning kunlik işlab çiqariş imkoniyati 8 tonnani taşkil qilib, hozirda korxonada 3 tonna muzqaymoq mahsulotlari tayyor holga keltirilmoqda.

Korxonada işlab çiqarilayotgan sut mahsulotlari esa vodiy tumanlari böylab yetkazib beriladi.