2017-2018 yillar davomida radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ta'siriga tuşib qolgan 20 ming nafardan ortiq özbekistonliklar huquqni muhofaza qiliş idoralarning «qora röyxati»dan çiqarilgan. Bu haqda ilk marta rasmiy hujjat – «2021 - 2026 yillarga möljallangan ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi prezident farmonida söz boradi.
Farmon bilan tasdiqlangan «2021-2026 yillarga möljallangan ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi»da ma'lum qilinişiça, davlat va jamoat institutlari buzğunçi mafkuralar ta'siriga tuşib qolgan fuqarolarni ijtimoiy va diniy reabilitatsiya qilişga qaratilgan işlarni faol davom ettirmoqda.
Natijada sönggi 4 yilda ekstremizm va terrorizmga aloqadorligi sababli ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazoni ötayotgan, qilmişidan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga ötgan 2 ming nafardan ortiq şaxslar afv etilgan va 1,5 ming nafardan ziyod şaxslar jazoni ötaş joylaridan ozod qilingan.
«2017-2018 yillar davomida radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ularning ta'siri ostiga tuşib qolgan 20 ming nafardan ortiq şaxslar huquqni muhofaza qiliş idoralari hisobidan çiqarilgan.
2019 - 2021 yillarda «Mehr» dasturi doirasida Afğoniston, Suriya va Iroqdan xalqaro terrorçilik taşkilotlari safiga adaşib qöşilib qolgan 400 nafar xotin-qizlar va bolalar Özbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy moslaşuvi va reintegratsiyasi uçun har tomonlama yordam körsatildi», deyiladi hujjatda.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston hukumati bundan keyin ham diniy sabablarga köra buzğunçi mafkuralar ta'siridan jabr körgan şaxslarga har tomonlama ijtimoiy-huquqiy va moddiy yordam körsatiş böyiça kompleks çora- tadbirlarni davom ettiradi.











