Niderlandiya hukumati uşbu ikki vazirga ekstremistik faoliyati uçun sanksiyalar joriy qiliş, ularni nomaqbul şaxslar röyxatiga kiritiş qarorini qabul qildi. Bu esa ularning Niderlandiyaga kirişini taqiqlaydi.

«Ular bundan buyon Niderlandiyaga kira olmaydi», - deyiladi Taşqi işlar vazirligi bayonotida.

Niderlandiya, şuningdek, Yevropa Ittifoqi darajasida Isroil bilan assotsiatsiyalaşgan bitimning savdo qismini töxtatib turişni taklif qiladi. Taşqi işlar vaziri Veldkampning ma’lum qilişiça, Niderlandiya Isroilga harbiy maqsadlardagi mahsulotlar eksportini çeklaydi, buning uçun bir neçta litsenziyalar bekor qilinadi.

Şuningdek, Niderlandiya Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami sifatida BMT yordam xizmatlari idorasiga 1,5 million yevro, Qizil Xoçga esa qöşimça 3 million yevro ajratadi.

Rasmiy bayonotda aytilişiça, Smotriç va Ben-Gvir muntazam ravişda falastinliklarga qarşi zöravonlikni tarğib qilib kelgan, noqonuniy yahudiy posyolkalarini kengaytirişni yoqlagan va Ğazoda «etnik tozalaş»ni talab qilgan.

Xususan, Smotriç Ğarbiy sohildagi yahudiy posyolkalari kengaytirilişini ma’qullagan va Ğazoga insonparvarlik yordamini kiritişga qat’iy qarşi çiqqan. U 2024 yil may oyida: «Uruş zonasi – Ğazoga bir dona ğalla ham kiritilmaydi», - degan edi.

The Guardian naşrining yozişiça, 6 may kuni Smotriç quyidagiça bayonot bergan: «Ğazo töliq vayron qilinadi. Tinç aholi janubdagi insonparvarlik zonasiga yuboriladi – u yerda HAMAS va terror yöq böladi va ular u yerdan boşlab ommaviy ravişda uçinçi mamlakatlarga köçib ketadi».

Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Ben-Gvir esa Ğarbiy Sohilda yaşovçi aşaddiy yahudiy posyolkaçilaridan biri bölib, Isroildagi barça arab fuqarolarini çiqarib yuborişni ilgari surgan. U Netanyahu koalitsiyasining ajralmas qismiga aylangan va Ğazodagi uruş tugatilsa, hukumatdan çiqişini oçiq aytgan.

Bundan taşqari, Niderlandiya taşqi işlar vaziri Kaspar Veldkamp mamlakatdagi Isroil elçisi Modi Efrayimni çaqirib, rasmiy norozilik bildirişi hamda Netanyahu hukumatini «kursni özgartirişga» çaqiradi. Şuningdek, Kasper Isroildan xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilişni eslatadi.