Toşkent şahrida ekstremistik radikal guruhlarga qöşilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari ötkazilib, gumondor şaxslar qölga olindi, deb xabar berdi Toşkent şahar IIBB.

Ta’kidlanişiça, 2024 yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan boğliq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat işi qözğatilgan. 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, jami 264 nafar şaxslarga nisbatan nisbatan qonuniy çoralar körilgan.

“Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga a’zo bölişdan saqlaning va ularning yot ğoyalarini tarğib qilmang. Farzandlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhlarga a’zo bölayotganligini, qanday mazmundagi video va boşqa materiallarni körayotganligini doimo nazorat qilib boring.

Agar mahallangizda şu kabi yot ğoyalar ta’siriga tuşgan yoki boşqa şubhali şaxslar haqida biror ma’lumotga ega bölsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilişingizni söraymiz”, — deyiladi IIBB murojaatida.

Ma’lum qilinişiça, poytaxt IIBB va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizm bilan boğliq holatlarni oldini oliş maqsadida qator tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq IIBB poytaxtda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida xodimlar savdo majmualari, köngiloçar maskanlari, bozorlar va boşqa jamoat joylarida kuçaytirilgan tartibda xizmat olib borayotganini ma’lum qilgandi.