6 iyul kuni prezident “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş faoliyatini samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Qaror loyihasi 23 iyunda muhokamaga çiqarilgan edi. Kun.uz loyiha asosida davlat amaldorlariga biznes bilan şuğullaniş qat'iyan taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Ma'lum bölişiça, hujjatning imzolangan talqinidan şu qismi çiqarib yuborilgan.
Qaror loyihasining 2-bandida “tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qat'iyan taqiqlangan davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari va xodimlarining röyxatini belgilaş” nazarda tutilgandi. Imzolangan rasmiy hujjatdan bu qism örin olmagan.
Loyihaning 2-bandida, şuningdek, “davlat xizmatçilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida iştirok etişni çeklaş” ham közda tutilgandi. Bu taklif yakunda “davlat xizmatçilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida iştirok etganligining huquqiy oqibatlarini belgilaş”ga almaştirilgan.
Tegişli qonun loyihasini mas'ul vazirlik va idoralar işlab çiqib, 2021 yil 1 oktyabrgaça Vazirlar Mahkamasiga kiritişi lozim.
Qonun loyihasida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan holda tuzilgan şartnomalar haqiqiy emas deb topilişi nazarda tutiladi.
Eslatib ötamiz, 6 iyul kuni imzolangan farmonga asosan, davlat xizmatçilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiyalaş 2022 yil 1 yanvardan boşlanadi. Deklaratsiya topşiradiganlar doirasiga davlat xizmatçilari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlari kiritilgan.













