Haiti milliy politsiyasi 7 iyulga ötar keçasi öz qarorgohida öldirilgan mamlakat prezidenti Jovenel Moizning ehtimoliy qotillarini qölga oldi. Bu haqda mamlakat boş kotibi Frans Ekzantyus ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga köra, qotillar 7 iyul soat 18:00da uşlangan. Ularni qölga oliş vaqtida 4 nafari bartaraf etilgan, 2 nafari hibsga olingan. Hozirda jinoyatçilar söroq qilinmoqda. Şuningdek, ular tomonidan garovga olingan 3 politsiyaçi ozod qilingan.  

Mamlakat boş vaziri vazifasini bajaruvçi Klod Jozefning France24 axborot agentligiga ma'lum qilişiça, Moiz qarorgohiga hujum qilgan guruh xorijiy fuqarolardan taşkil topgan. Ular özaro ingliz va ispan tilida sözlaşgan.

Öz navbatida, Haitining AQŞdagi elçisi Edmon Bokşi hukumatdagi mavjud videoyozuvga tayanib, prezident qarorgohiga hujum qilganlar özlarini AQŞning giyohvand moddalarga qarşi kuraşiş boşqarmasi (DEA) agentlari deb taniştirganini ma'lum qilgan. Biroq Bokşi bu versiyaga işonmasligini ta'kidlab ötgan.

Keyinroq AQŞ davlat departamenti matbuot xizmati boşliği Ned Prays DEA agentlari Moizning öldirilişiga aloqador bölişi mumkinligini rad etgan.

Bu orada Diario Libre naşrining xabar berişiça, qöşni Dominikana hukumati bildirayotgan versiyalardan biriga köra, Moizga suiqasdni Haitida giyohvand moddalar savdosi va odamlarni öğirlaş bilan şuğullanuvçi katta ta'sirga ega şaxslar bilan boğlangan kolumbiyalik va venesuelalik fuqarolar sodir etgan. Bu versiyaga köra, Haiti politsiyasining yuqori mansabdor xodimlaridan biri hujumni uyuştirganlar şerigi bölgan va hujum vaqtida prezident qarorgohi qöriqlanişini ataylab kuçsizlantirgan bölişi mumkin.

Haiti prezidenti Jovenel Moiz öz qarorgohiga noma'lum şaxslar uyuştirgan hujum oqibatida halok böldi. Hujum vaqtida Moizning rafiqasi ham yaralanib, şifoxonaga yetkazilgan. Mamlakat boş vaziri vazifasini bajaruvçi Klod Jozef voqeadan keyin aholini osoyiştalikka çaqirgan va ularni vaziyat milliy politsiya va qurolli kuçlar nazorati ostida ekaniga işontirgan. Vazirlar kengaşi mamlakatda 15 kunga harbiy holat kiritgan.