Konditsioner

Xonani sovitişning eng effektiv usuli. Lekin bu texnikadan töğri foydalanilmasa, köpgina zararli holatlarga sabab bölişi sir emas.

Sovuq havo haroratining inson uçun me'yori – 18 daraja. Köçada 40 darajadan oşiq harorat bölsa-yu, xonadagi haroratni 18 darajadan pasaytirib yuborsangiz, bu salomatlik uçun yaxşi oqibatlarga olib kelmaydi.

Konditsionerdan çiqayotgan sovuqlik oqimi töğridan töğri tanaga urmasligi kerak. Doimiy ravişda sovuq havo oqimi ta'sirida böliş immunitet pasayişiga olib keladi.

Ventilyator

Issiqdan saqlanişning arzon va ommabop bu usuli xonaning özidagi haroratni şamol orqali yetkazadi xolos. Agar xonadagi harorat 35 darajadan yuqori bölsa, ventilyatorni öçirib qöygan ma'qul. Çunki bu haroratda uning issiq şamoli inson terisini quritib, suvsizlantirib qöyişi mumkin.

Ventilyatordan foydalanganda şamol yönalişiga qarab muzli baklajkalar qöyilsa, xonaga salqin şamol purkaydi.

Bu texnikalarni xarid qilişga qurbi yetmagan aholi qatlami nima qiladi? Elektr energiyasida uziliş bölganda-çi?

Issiq kunda issiq çoy

Özbek xalqi azaldan yozning issiğida ham qaynoq çoy içişni kanda qilmaydi. Ayniqsa keksalar orasida bu udum keng tarqalgan. Issiq havoda issiq çoy qançalik mutanosib?

Mutaxassislarga köra, issiq çoy tana haroratining sovişiga xizmat qilar ekan. Içilgan çoy inson tanasini içdan isitadi va köproq ter ajralib çiqişini ta'minlaydi. Ter ajralişi, ya'ni moddalar almaşinuvi natijasida esa insonning tana harorati soviydi. Lekin uning örnini töldirib turiş, tana suvsizlanib qolişiga yöl qöymaslik kerak.

Albatta, bu yerda gap öta qaynoq çoy emas, me'yoriy darajadagi issiq çoy haqida ketmoqda.

Derazalarni oçiş

Bu çora taşqaridagi havo içkaridagiga nisbatan salqinroq bölgandagina yordam beradi. Agar taşqarida xonadan köra issiq bölsa, derazalarni oçmagan ma'qul. Ularni kunning issiq paytida oq mato yoki çoyşab bilan tösib qöyiş tavsiya etiladi.

Agar quyoş nurlari töğridan töğri xonaga tuşib, uyni haddan ortiq isitib yuborayotgan bölsa, derazaga folga qoğozni yopiştiriş ham mumkin. Bu usul deraza orqali quyoşdan kelayotgan issiqni qaytaradi.