Karmana tumanida yaşovçi Raxmon Töxtamişev hovlisiga içimlik suvi uçun hisoblagiç örnatiş maqsadida tuman davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilgan. Xizmat uçun qonunda belgilangan muddatni kutgan fuqaro işi hal bölmagaç murojaati yuzasidan ahvolni örganadi. Bilsaki, elektron bazada murojaat qanoatlantirilgani haqidagi xabar qoldirilgan.
DXA Navoiy viloyati boşqarmasi xodimlari suv ta'minoti böyiça vakolatli idorani ma'muriy çora körilişi böyiça ogohlantirgan. Biroq, şunda ham suv ta'minoti idorasi xizmatni amalga oşirmagan.
Boşqarmas boşliği Bexzod Safarovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, yilning ötgan muddatida viloyatda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmati körsatişda eng köp soğliqni saqlaş tizimi qonun buzgan. Mazkur tizim uşbu muddat davomida 435 ta qonunbuzilişiga yöl qöygan. Qoidabuzarlikda keyingi “poğonani” ijtimoiy ta'minot idoralari egallagan. Ular 166 ta murojaatda qoidabuzarlik sodir etgan.
Şuningdek, kadastr 120 ta, quriliş va arxitektura 107 ta, tijorat banklari 105 holatda murojaatlarga muddatida javob qaytarmagan yoki asossiz rad javobini berişgan. Kuzatilişiça, eng köp qoidabuzarlik tuğilganlik haqidagi holatni elektron bazaga muddatida kiritmaslik, subsidiya berişdagi davlat xizmatini körsatişda sodir etilgan.
Ta'kidlanişiça, vakolatli idoralarning e'tiborsizligi sababli 3 329 ta murojaatda fuqarolar huquqi buzilgan. Uşbu holatlar yuzasidan vakolatli idoralarga 17 ta taqdimnoma kiritilgan. 60 holatda javobgar şaxslar ma'muriy jarimaga tortilib, 62 holatda boşqarma tomonidan töğridan töğri ma'muriy huquqbuzarlik bayonnomalari tuzilgan.











