«Tolibon» harakati Afğonistondan Rossiya va Markaziy Osiyodagi boşqa qöşni davlatlarga hujum qiliş uçun foydalanilişiga yöl qöymasligini ma'lum qildi. Şuningdek, harakat Tojikiston va Afğoniston örtasidagi çegaraga hujum qilmaslikka va'da berdi.

8 iyul kuni «Tolibon» harakatining 4 nafar vakili muzokaralar ötkaziş uçun Moskvaga keldi. Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zamir Kabulov «Tolibon» vakillari bilan ötgan uçraşuvda Rossiya Afğonistonning şimolida vaziyat keskinlaşganidan xavotir bildirayotganini va uşbu holat mamlakat taşqarisiga çiqib ketişiga yöl qöymaslikka çaqirişini aytgan.

«Biz Moskvaga Afğonistondagi vaziyatni Rossiya bilan muhokama qilgani hamda sizlarni afğon yeri Rossiya yoki boşqa qöşni davlatlarga hujum uçun qöllanişiga yöl qöymasligimizga işontirgani keldik. Biz Tojikiston va Afğoniston örtasidagi çegaraga ham hujum qilmaymiz. Rossiyani işontirib aytişimiz mumkinki, bizning siyosat hujum qilişdan iborat emas», deb aytgan «Tolibon» rasmiy vakili Muhammad Suhayl Şahin.

U «Tolibon», şuningdek, xorijiy davlatlarning Afğonistondagi vakolatxonalariga hujum qilmoqçi emasligini ta'kidlab ötgan. 

«Biz Rossiya bilan yaxşi munosabatlardamiz. Biz ularga hujum qilmoqçi emasmiz. Munosabatlarimiz yaxşi bölsa, buni qilişdan nima naf?» degan Şahin toliblar Rossiyaning Mozori-Şarifdagi boş konsulxonasi xodimlari xavfsizligini ta'minlaşga qançalik tayyorligi haqidagi savolga javoban.  

Harakatning Moskvaga kelgan delegatsiyasi «Tolibon» Afğonistonni harbiy yöl bilan egallab olişga intilmayotganini ta'kidlab ötgan.

«Afğonistonni harbiy yöl bilan egallab oliş bizning siyosatga kirmaydi. Bizning pozitsiya Dohada muhokama qilinayotgan afğon masalalarining siyosiy yeçimini topişdan iborat. Biz Moskvada siyosiy yeçimni qöllab-quvvatlaşimizni yana bir bor tasdiqladik», deb aytgan Şahin.

Uning ta'kidlaşiça, toliblar «viloyatlardagi şaharlarni osongina egallab olişi mumkin edi», biroq buni qilmaslikka qaror qildi.

Şahin Moskvaga taşrifdan maqsad Afğoniston şimolidagi vaziyatni muhokama qiliş ekanini qöşimça qilgan.

«Uçraşuvdan közlagan asosiy maqsadimiz – Afğonistonda, jumladan uning şimolida yaqinda yuz bergan voqealarni muhokama qiliş. U yerdagi köplab tumanlar bizning nazoratga ötdi», deb ta'kidlab ötgan «Tolibon» vakili.