«Tolibon» vakillari Eron bilan çegaradagi Islom-Qal'a nazorat-ötkaziş punktini egallaganini e'lon qilgan. Bu haqda TOLO news telekanali xabar bermoqda.
Biroq Afğoniston Içki işlar vazirligi uşbu hudud ustidan hukumat nazorati yöqotilganini rad etmoqda.
Şuningdek, ayni paytda Tehronda «Tolibon» harakati va Afğoniston hukumat delegatsiyasi örtasidagi muzokaralar natijasida qöşma deklaratsiya imzolangan.
Bu haqda «Tolibon»ning Dohadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Muhammad Naim ma'lum qilgan.
Tomonlar uruşni davom ettiriş xavfi va uning mamlakatga yetkazişi mumkin bölgan zarari böyiça muzokaralar olib borgan. Yakunda uruş Afğoniston muammolarini hal qilmaydi, degan fikrga kelişgan va tinçlikka erişiş uçun barça imkoniyatlarni işga soliş kerakligi ta'kidlangan.
Muzokaralar davomida delegatlar tinç aholi öldirilişi, maktablar, masjidlar va şifoxonalarga qilingan hujumlarni qoralagan va uruşdan doimiy tinçlikka ötiş mexanizmini işlab çiqiş böyiça qöşimça maslahatlaşuvlar ötkazişga kelişib olgan. Bu imkon qadar tezroq amalga oşişi kerakligiga alohida urğu berilgan.
Uçraşuvda Afğoniston delegatsiyasiga sobiq vitse-prezident Yunus Qonuniy, toliblar guruhiga esa Qatardagi «Tolibon» siyosiy idorasi rahbari Abbos Stanekzay rahbarlik qilgan.













