Armaniston hukumati koronavirus tarqalişi bilan boğliq holda 2021 yil 11 iyulgaça joriy qilingan karantinni 20 dekabrgaça uzaytirdi. Bu haqda respublika vazirlar mahkamasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Armaniston hududi va barça çegaradagi ötkaziş punktlarida 2020 yil 11 sentyabrdan 2021 yil 11 iyulgaça joriy qilingan karantin 2021 yil 20 dekabrgaça uzaytirilsin”, deb aytilgan hukumat qarorida.

Avvalroq Armaniston soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajaruvçi Anait Avanesyan karantin zarur holatlarda çeklovlar kiritiş uçun kerakligini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, Armanistonga PsR-test böyiça kiriş talabi ham karantin doirasida belgilanadi. Vazir, şuningdek, kuzda muayyan çeklovlar kiritilişi mumkinligini qöşimça qilgan.

Armaniston aholisi 2,9 mln kişidan oşadi. Hukumat yil oxirigaça 700 ming fuqaroni emlaşni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Hozirda respublikada koronavirusga qarşi emlaşda “Sputnik V”, AstraZeneca va CoronaVac vaksinalari qöllanmoqda.