Zalmay Xalilzod taşrif doirasida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida iştirok etadi.
AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod xorijiy safarini boşladi. U safar doirasida Özbekistonga taşrif buyurib, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida iştirok etadi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti xabar qildi.
"Toşkentda maxsus vakil Xalilzod mintaqaviy boğliqlik böyiça Özbekiston hukumati tomonidan taşkillaştirilayotgan xalqaro konferensiyada iştirok etadi", - deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, Xalilzod Qatar va Pokistonga ham taşrif buyurişi rejalaştirilgani ma'lum qilingan.
2 iyul kuni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi AQŞ Özbekiston va Tojikiston hamda mintaqadagi boşqa mamlakatlar bilan kelgusidagi harbiy hamkorlik masalasini muhokama qilayotganini aytgan. Özbekistonda Amerika harbiy bazasi tiklanişi ehtimoli haqida esa bu borada hozirça heç qanday qaror qabul qilinmaganini bildirgan.
Avvalroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelişi xabar qilingandi. Konferensiya 15-16 iyul kunlari bölib ötadi.
Konferensiya işida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Aşraf Ğani, Pokiston Islom Respublikasi boş vaziri Imron Xon, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boşqa xorijiy davlatlarning taşqi işlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari iştirok etişi rejalaştirilgan.














