ÖzA xabariga köra, hozirgi kunda bu markazda bir vaqtning özida 400 bemorni davolaşga möljallangan koykalar taşkil etilgan.
Şuningdek, oğir reanimatsion holdagi bemorlarni davolaş uçun ham şaroitlar yaratilgan.
Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov tegişli mutasaddilar va sektor rahbarlari bilan mazkur markazga borib, mas'ul idoralar vakillari iştirokida kovid-markazning uzluksiz faoliyat yuritişi uçun hozirlangan şaroitlar, kelgusidagi vazifalarni muhokama qildi.
Birinçi galda, xavfli kasallikka yöliqqan bemorlarga mas'ul şifokorlar va hamşiralar uçun alohida şaroitlar yaratilişiga e'tibor qaratilişi zarurligi ta'kidlandi.
“Markazda har qanday holatda ham elektr energiyasi, içimlik suvi va kislorod uzilmasligi kerak. Barça elektr generatorlari doimo şay turişi, kislorod zaxiralari avvaldan yetkazib berilişi şart”, – dedi viloyat rahbari.
Ta'kidlanişiça, hozirgaça Covid-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlar Namangan şahrida joylaşgan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanayotgan edi. Ammo bugungi kunda viloyatda kasallikka çaliniş holatlari ortib borayotgani sababli markazni qayta oçişga töğri keldi.
Markazda 100 nafarga yaqin tibbiyot xodimi faoliyat olib bormoqda.













