Neft narxi 3 yillik rekordni yangiladi

Hafta neft uçun omadli keldi: Londonning ICE birjasida Brent nefti narxi 1,3 foizga kötarildi. Bu neft narxi uç yillik rekordni yangilaganini körsatadi. 2018 yil 30 oktyabrdan beri ilk bor neft bir barreli uçun 77 dollardan oşdi.

WTI nefti narxi esa 1,6 foizga oşib, 76,32 dollarga yetgan.

Xitoy Özbekiston importi va eksportida yetakçilik qilmoqda

Joriy yilning beş oyida Xitoy Özbekiston eksportida 0,8 mlrd dollarlik eksport bilan yetakçilikni qölga olgan. U 1,8 mlrd dollarlik import bilan ham yetakçilik qilmoqda.

Ya'ni yilning beş oyida Xitoydan import eksportga nisbatan 2 barobarga köproqni taşkil qilgan: saldo manfiy 1 milliard dollarga teng.

Davlat kompaniyalariga xaridlarni tendersiz amalga oşiriş taqiqlandi

Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 5 iyuldan boşlab davlat kompaniyalari uçun individual tarzda davlat xaridlarini tendersiz ötkazişning mavjud talablari bekor qilindi.

Ularga davlat xaridlari ötkazilişi töğrisidagi e'lonlar va davlat xaridlari natijalari töğrisidagi axborotni maxsus axborot portali va OAVda e'lon qiliş majburiyati yuklatildi. Hujjatda yana boşqa özgarişlar aks etgan.

Uzum plantatsiyalari uçun subsidiyalar ajratiladi

Yangi tokzorlar uçun bir dona artezian quduq yoki nasos stansiyasi qurişga har 10 gektarga 120 mln sömgaça subsidiya beriladi, ya'ni subsidiya beriladigan maydon hajmi 3 barobarga kamayadi (hozir eng kam maydon 35 gektar qilib belgilangan).

Sertifikatlangan uzum plantatsiyalarini taşkil etişni moliyalaştiriş uçun banklarga 100 mln dollar resurs ajratiladi.

Şuningdek, uzumçilikda işlatiladigan asbob-uskunalar va texnikalar bojxona tölovlaridan ozod etiladi.

Jismoniy şaxslar YaTT sifatida taksiçilik qilganda qança soliq tölaşi ma'lum qilindi

Yengil avtomobilda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi YaTTlar 2021 yilda oyiga 150 ming söm soliq tölaydi. Şuningdek, litsenziya varaqasi uçun yiliga 245 ming söm davlat boji undiriladi.

2021 yil 1 centyabrgacha YaTT sifatida davlat röyxatidan ötganlik uçun davlat boji undirilmaydi.

Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari kamaydi

2021 yil 1 iyul holatiga, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari 34,1 milliard dollarni taşkil etmoqda. 

1 iyun holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 35,5 milliard dollarni taşkil qilgan.

Zaxiralarning keskin kamayişiga jahon bozorida oltin narxi pasayişi asosiy sabab bölganini taxmin qiliş mumkin.

Özbekistonda yilning birinçi yarmida naqd pul aylanmasi hajmi oşdi

2021 yil yanvar—iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 231,9 trln sömni taşkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 47 foizga oşgan.

Aholi bank kartalariga kelib tuşgan mablağning 33 foizi naqdlaştirilgan.

Qorakölçilikni rivojlantirişga 200 mlrd söm ajratiladi, pillaçilikka subsidiyalar beriladi

2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargaça:

  • har yili yetiştiriladigan pilla (höl pilla) hosilining 1 kilogrammi uçun 5 ming söm miqdorida xonadonlarda pilla yetiştiruvçilarga respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;
  • tutzorlarni suğoriş uçun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qöllanadi.

Qorakölçilikni yanada rivojlantiriş maqsadida 200 milliard söm mablağ ajratiladi.

Özbekiston ikki trenşda 870 mln dollar ekvivalentida yevrobondlar çiqaradi

Moliya vazirligi London fond birjasiga qiymati 870 million dollar bölgan ikkita xalqaro obligatsiya joylaştirişga tayyorgarlik körmoqda.

Dollar trenş 10 yil muddatga, sömda körsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yil muddatga beriladi.