5 iyulda Londonning ICE birjasida Brent nefti narxi 1,3 foizga kötarilib, 2018 yil 30 oktyabrdan beri ilk bor bir barreli uçun 77 dollardan oşdi.
Savdolar vaqtida Brent turidagi neft narxi 77,13 dollargaça yetgan. Uşbu neft oxirgi marta 2018 yil oktyabr oxirida 77 dollardan yuqoriroq turgan.
WTI nefti narxi esa 1,6 foizga oşib, 76,32 dollarga yetgan.
Bloomberg axborot agentligining xabar qilişiça, neft narxi oşişi OPeK+ iştirokçilari örtasidagi kelişmovçilik bilan boğlangan. 5 iyulda Venada neft qazib oluvçi davlatlar iştirokida bir neça kun davom etgan muzokaralar öz yakuniga yetdi. Biroq uçraşuv iştirokçilari Saudiya Arabistoni va BAA örtasida yuzaga kelgan kelişmovçilikni yengib öta olişmagan.
Bundan taşqari, OPeK+ning keyingi uçraşuvi qaçon ötişi böyiça bir töxtamga kelinmagan. Muzokaralardagi muvaffaqiyatsizlik alyans avgust oyida neft hajmini oşirmasligini anglatadi. Bu esa pandemiyadan keyin jahon iqtisodiyoti tiklanayotgan vaziyatda bozorda neft tanqisligini yuzaga keltirişi mumkin.
Avvalroq Bank of America tahlilçilari neft narxi 100 dollargaça kötarilişini prognoz qilişgan. Ularning fikriça, buning uçun 6ta sabab bor. Ulardan 3tasi talab, yana 3tasi esa taklif bilan boğlangan.












