Misr orqali ötuvçi Suvayş kanali yakunlangan moliyaviy yilda öz tarixida rekord qiymatda daromad oldi. Summa 5,84 mlrd dollarni taşkil qildi, deb xabar berdi kanal ma'muriyati rahbari Usoma Robi.
Ma'lumotlarga köra, 2021 yilning birinçi yarmida Suvayş orqali ötuvçi kemalar soni va tonnaji ançaga oşgan. Kanal ma'muriyati taqdim qilgan statistikaga köra, 2021 yil yanvardan iyungaça Örta Yer va Qizil dengizlarni boğlovçi kanal orqali 9763 kema ötgan, bu esa 2020 yilning şu davridagiga nisbatan 217ta kema köp bölgan.
Robining ta'kidlaşiça, kanal orqali ötuvçi kemalar soni köpayişiga “kanalning qulay marketing va narx-navo siyosati, jumladan imtiyozlar va çegirmalar taqdim qilişi” olib kelgan.












