Matoning kimyoviy birikmalari tananing infraqizil nurlanişini yutib, uni taşqi muhitga çiqarişga imkon beradi.
Ta'kidlanişiça, mato ultrabinafşa, yaqin diapazondagi körinuvçi va infraqizil nurlarni qaytaradi hamda buning hisobiga tanani yanada sovitadi.
Olimlar öz işlanmalarini köngillilarda sinovdan ötkazişgan. Iştirokçilardan biri yarmi paxtadan, yarmi esa metamatodan tayyorlangan nimçani kiyib, bir soat quyoş ostida turgan. Tegişli ölçaşlar bunda tananing metamato ostidagi qismi harorati 31 darajagaça, paxtadan tayyorlangan mato ostidagi qismi 37 darajagaça kötarilganini körsatgan.
Mualliflarning ta'kidlaşiça, bunday matoni işlab çiqariş sarf-xarajatlari an'anaviy matolarnikiga qaraganda 10 foizgagina oşadi.
“Biz yangi matoni ommaviy tarzda işlab çiqarişimiz mumkin. Bu esa har bir kişi undan tayyorlangan futbolkani an'anaviy matolardan tayyorlangan futbolka narxida xarid qila olişini anglatadi”, deb aytgan olimlardan biri.












