Özbekistonda 2021-2023 yillarga möljallangan Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oşiriş milliy strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Strategiyaga asosan, umumta'lim muassasalarida va noiqtisodiy yönalişdagi ta'lim muassasalarida “Moliyaviy savodxonlik” öquv dasturi joriy etiladi.

Şuningdek, moliyaviy savodxonlikni oşiriş böyiça öquv dasturlari işlab çiqiladi.

Kelgusi yillarda banklarning xizmat körsatiş nuqtalarini kengaytiriş, bank xizmatlarini yetkazişning muqobil yöllarini joriy etiş va bank agentlari tarmoğini yaratiş orqali bazaviy moliyaviy xizmatlar qamrovini oşiriş közda tutilgan.

Bozorga yangi fintex kompaniyalarning kirib kelişiga qulay şart-şaroitlar yaratiş, masofadan identifikatsiya qiliş tizimini yölga qöyiş, milliy tölov tizimini modernizatsiya qiliş orqali raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş belgilangan.

Şuningdek, tadbirkorlar loyihalarini moliyalaştirişga möljallangan turli moliyaviy vositalarni rivojlantiriş va nobank kredit taşkilotlari faoliyatini rivojlantiriş orqali kiçik tadbirkorlik sub'yektlarini moliyalaştirişni kengaytiriş nazarda tutilgan.

Strategiya asosida moliyaviy mahsulot va xizmatlar töğrisidagi ma'lumotlarning oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, şikoyatlar va nizolarni hal qilişning samarali mexanizmlarini joriy etiş orqali moliyaviy xizmatlar iste'molçilari huquqlari himoyasini kuçaytiriş işlari ham olib boriladi.

Hujjatda aholining barça qatlamlari, jumladan, yetarli darajada moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olinmagan, kam daromadga ega, qişloqlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar hamda kiçik biznes sub'yektlari uçun sifatli moliyaviy mahsulot va xizmatlardan foydalaniş imkoniyati mavjud tizim yaratiş belgilangan.