O‘zbekistonning navbatdagi suveren obligatsiyalari jahon bozoriga milliy valutada chiqariladi
Hozircha suveren xalqaro obligatsiyalar hajmi va muddatlari bo‘yicha ma'lumotlar ochiqlanmagan.
Moliya vazirligi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirilishini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, milliy valutadagi mazkur xalqaro obligatsiyalardan kelib tushgan mablag‘larni Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun ishlatish rejalashtirilgan.
«Suveren xalqaro obligatsiyalar joylashtirilishini samarali tashkil etish maqsadida xalqaro investitsion banklar va yuridik firmalarga o‘z takliflari bo‘yicha so‘rovnomalar yuborildi va raqobatli tanlov asosida bank-anderrayterlar – «Citi» (AQSh), «J.P.Morgan Chase» (AQSh), «Gazprombank» (Rossiya) va «MUFG» (Yaponiya), yuridik konsultant – «Dentons» (Buyuk Britaniya) tanlab olindi», deya yozadi vazirlik axborot xizmati.
Manbaga ko‘ra, Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha barcha zaruriy choralar, jumladan, emissiya prospekti va boshqa yuridik hujjatlar tayyorlangan.
«Roud-shou» (Roadshow) tadbiri doirasida xalqaro investorlar uchun telekonferensiya (Global Investor Call) o‘tkazish rejalashtirilgan va unda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Daniya va Shveytsariya kabi mamlakatlardan xalqaro investorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, 8-9 iyul kunlari xalqaro investorlar bilan «yakkama-yakka» (one-on-one) formatda telekonferensiyalar bo‘lib o‘tadi.
Vazirlik xabarida obligatsiyalar hajmi va muddatlari bo‘yicha ma'lumotlar ochiqlanmagan.
Avvalroq, 2020 yil noyabrda xalqaro moliya bozorida 2 trillion so‘m hajmidagi suveren obligatsiyalar joylashtirilgani xabar qilingandi. Moliya vaziri Timur Ishmetov xalqaro obligatsiyalarning milliy valutada chiqarilishi valuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qilish bilan birga, kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan, davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratishini aytgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi
Iqtisodiyot | 11:15
-
Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligida o‘zgarishlar amalga oshirdi
Jahon | 11:09
-
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti
Jahon | 11:05
-
UZTELECOM «Muruvvat» tarifini taqdim etadi: e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yaratilgan tarif
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

11:29 / 14.03.2025
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi

15:34 / 27.01.2025
Jahon obligatsiya bozorida inqiroz: nega bunday bo‘lyapti?

12:12 / 12.06.2024
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi qoidalariga qo‘shimchalar kiritilmoqda

19:50 / 29.05.2024