Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda 28 iyundan joriy etilgan qöşimça çeklov çoralari doirasida kafe, restoran va boşqa köngiloçar muassasalarning iş faoliyatiga örnatilgan çeklovlar 12 iyuldan keyin ham amalda bölişini ma'lum qildi.
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator çeklovlar bilan birga kafe, restoran va boşqa köngiloçar muassasalarning 08:00dan 20:00gaça işlaşiga ruxsat berilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi şuni ma'lum qiladiki, uşbu tartiblar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma'lum bir muddat uçun qabul qilingan emas, ya'ni epidemiologik vaziyat barqarorlaşganda uşbu çeklovlar bekor qilinadi. Ammo hozirda ularga heç qanday özgariş kiritilmagan.
Agar karantin qoidalariga oid biror özgariş kiritilsa, buni Soğliqni saqlaş vazirligi rasmiy sahifalari orqali e'lon qilinadi», deyiladi SSV xabarida.
Eslatib ötamiz, maxsus komissiyaning 25 iyun kungi qarorida 28 iyundan 12 iyulga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş böyiça çeklovlar örnatilgani ma'lum qilingandi. Ammo amalda bu çoralarga rioya etilmadi - Toşkent şahriga kiriş 28 iyundan beri erkin bölib qolmoqda.
Şuningdek, 28 iyundan respublika böylab köngiloçar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari – kafe, oşxona, çoyxonalar işlaşiga soat 8:00dan 20:00gaça ruxsat berilişi, köngiloçar va umumiy ovqatlaniş obektlarida taşrif buyuruvçilarga uşbu muassasalar umumiy siğimining 50 foizidan qat'iy oşirmagan holda xizmat körsatiş belgilangan, bu çeklovlar qaçongaça amal qilişi aniq körsatilmagandi.













