10. Federiko Keza

Avvalgi örni: 17

2021 yilda: 14ta gol, 5ta assist. Yevro-2020, Italiya kubogi va Superkubok ğolibi.

Keza Italiya milliy jamoasida asosiy futbolçi sifatida guruh bosqiçining 3-turidan e'tiboran öynay boşladi. Ungaça öng qanot vingeri pozitsiyasi Domeniko Berardiga işonib topşirilayotgandi. Musobaqa davomida 2ta gol urişga erişgan Fede har ikkalasini ham öta muhim pallalarda kiritdi.

Klubi bilan liga titulini yutgan taqdirda, uning imkoniyatlari yanada yuqoriroq bölişi mumkin edi. Endi u Turinga milliy jamoa qahramoni sifatida boradi. Yangi boş murabbiy Allegri unga alohida e'tibor qaratişi aniq.

9. Erling Holand

Avvalgi örni: 9

2021 yilda: 25ta gol, 9ta assist. Germaniya kubogi ğolibi.

Norvegiyalik futbolçi uçun 2020/2021 yilgi mavsum ança avval yakunlanib ulgurgan. Oçiğini aytganda, u joriy mavsumda «Oltin töp»ni yuta olmasligi ança avvaldan ma'lum edi. Biroq raqobatçilarining qit'a çempionatidagi omadsizliklari sabab u yakuniy reytingda top-10da qayd etilişi mumkin.

8. Kriştianu Ronaldu

Avvalgi örni: 7

2021 yilda: 27ta gol, 4ta assist. Italiya kubogi va Superkubok ğolibi.

Yevro-2020 töpurari deb topilgan Kriştianuning reytingdagi holati bu bilan yaxşilanib qolmadi. Musobaqani juda erta yakunlagan portugallar yetakçisi bu yilgi «Oltin töp»dan umidini uzib qöygan bölsa ham, ajabmas.

Yangi mavsumni u katta ehtimol bilan turinliklar safida boşlaydi. Massimiliano Allegrining rejalarida 36 yoşli futbolçi qançalik muhim örin tutadi - buni oldindan aytiş qiyin.