Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ şahrida sud qaroriga köra noqonuniy qurilgan uyi buzilişi kerak bölgan oila a'zolari va ularning yaqin qarindoşlari MIB xodimlarining ustiga benzin sepib, yoqib yubormoqçi bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Çiroqçi tumanlararo sudining 2019 yil 20 sentyabrda qabul qilgan ijro varaqasiga asosan N.M.ga tegişli bölgan Yakkaboğ şahri Jambul köçasidagi uyning yer maydonida fuqaro N.U. tomonidan özboşimçalik bilan qurilgan 6 xonadan iborat imoratning 59 metr kvadrat yer maydonidan taşqari qismini majburiy tartibda buzdiriş belgilangan. Uşbu ijro varaqasi MIBning Yakkaboğ tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan va ijro işini yuritiş töğrisida qaror qabul qilingan.
Qayd etilişiça, davlat ijroçisi tomonidan şu xonadonda yaşab kelayotgan N.U. va uning oila a'zolariga mazkur sud qarori ijrosini ixtiyoriy ravişda bajariş yuzasidan yozma va oğzaki ogohlantiriş xatlari berilgan. Biroq fuqaro N.U. tomonidan sud qarori ijrosi ixtiyoriy bajarilmagani sabab imoratni majburiy tartibda buzdiriş yuzasidan bir neça marta ijro harakatlari tayinlangan. Ammo majburiy ijro harakatlarida iştirok etişi lozim bölgan tegişli taşkilot vakillari qatnaşmagani uçun ijro harakatlari ortga surilib kelgan.
Ta'kidlanişiça, noqonuniy qurilgan imoratni majburiy tartibda buzdiriş yuzasidan davlat ijroçilari va majburiy ijro taşkilotlari vakillari borganda N.U., uning turmuş örtoği M.R., öğli M.T. hamda yaqin qarindoşlari J.T. va A.T. qarşilik körsatgan. Ular ikki dona 1 litrlik yelim idişga solingan benzinni xodimlarning ustiga sepib, yoqib yuborişga uringan.
2021 yil 12 iyul kuni mazkur hodisa yuzasidan fuqaro N.U. va boşqalarning xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy baho beriş uçun töplangan hujjatlar tuman prokuraturasiga yuborilgan.












