Bundan ikki yil oldin – 2019 yil 20 iyulda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida sodir bölgan voqea butun mamlakatda «snos» masalalari islohotga muhtoj ekani, hududlarda tadbirkorlarning mulklari ogohlantirişsiz va kompensatsiyasiz buzilayotganini kun tartibiga çiqardi.

Öşa vaqtdagi tuman hokimi örinbosari M.Tuymayev tomonidan buldozerda tadbirkorning binosi buzib taşlanayotganida, tadbirkor tomonidan unga benzin sepilib, olov qöyib yuborilgandi. Muammo şunçalik jiddiy tus oldiki, unga prezident ham munosabat bildirdi.

«Qaşqadaryoning vallomati bor, Röziyev degan, 5 yil qişloq xöjaligi vaziri bölib işlagan noinsof. DXX rahbari borganidan söng çiqqan izohlarni öqi. Bitta jinning qarindoşi bilan janjal qilib, mening siyosatimni butun dunyoga şarmanda qildi. Özimni tumanim, u qilaman, bu qilaman, deysan. Bitta tuzukroq kadring yöq, yana Dehqonobodga tirmaşasan. Mana, sening menga qilgan «döstliging». Özbekistondagi hozirgi oşkoralik, şaffoflikni ta'minlay, deb keça-yu kunduz yuritayotgan siyosatimga atrofingdagilar bilan qilgan «döstliging».

Qölingdan kelmas ekan, nima qilasan bir odamning tuppa-tuzuk turgan uyini buzib? Sen xulosa qil, uyingni birov kelib buzsa [nima qilasan]?

Noinsoflar, men sizlarning qay biringga buzgin, deb topşiriq berdim? Men sizlarga avvalo odamlarni rozi qilib, keyin janob Zokirov degan vazir bilan ötirib, loyiha qilib, boş vazirga hisobot berib, keyin qilinglar, deb topşiriq berganman. Mana, sening «döstliging», janob Röziyev! Özingni öşa tumanga hokim qilib yuboraman, aytib qöyay!», deya Yakkaboğda bölib ötgan voqealarga öz munosabatini bildirgandi prezident 2019 yil 2 avgust kuni.

3 avgust kuni «Fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining mulk huquqi kafolatlanişini sözsiz ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi. «Snos» masalasida e'tiborsizlikka yöl qöygan Qaşqadaryo viloyatining öşa vaqtdagi hokimi Zafar Röziyev internet orqali xalqdan uzr söradi.