Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişni jadallaştiriş masalalariga bağişlangan xalqaro davra suhbati bölib ötdi.
Unda energetika vaziri Alişer Sultonov Özbekiston ayni paytda past uglerodli energetikani, jumladan, quyoş, gidro va şamol energetikasini rivojlantirişga e'tibor qaratişni rejalaştirayotgani haqida gapirdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«2030 yilga borib elektr energiyasini işlab çiqariş uçun tabiiy gaz sarfini 16,5dan 12,1 milliard kub metrgaça kamaytirişni rejalaştirmoqdamiz. Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi ekologik toza energiya manbalarini rivojlantiriş uçun ulkan salohiyatga ega davlat ekanini alohida ta'kidlaymiz. Hukumatimiz va Energetika vazirligi kam uglerodli energiya strategiyasini, iqlim özgarişini va atmosferaga uglerod çiqindilarini kamaytirişni jiddiy örganib qabul qilmoqda», — dedi Sultonov.
Vazirga köra, 10 yil içida qöşimça energiya quvvatlarini yaratiş hisobiga umumiy işlab çiqariladigan elektr energiyasi hajmi 25 foizga yetkaziladi.
«Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda Özbekiston uçun elektr energiyasi ta'minotining ön yillik rejasini işlab çiqdik. Uşbu rejani amalga oşirişimiz natijasida qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşi 2030 yilga borib elektr energiyasini işlab çiqariş umumiy hajmining 25 foizidan köproğiga yetkaziladi, ya'ni 5 gigavatt quyoş energiyasi va 3 gigavatt şamol energiyasini öz içiga olgan qöşimça energiya quvvatlarini yaratişga xizmat qiladi», — dedi Özbekiston energetika vaziri Alişer Sultonov.
Şuningdek, energetika vaziri Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining texnik kömagida Qoraqalpoğiston Respublikasida quvvati 100 megavatt bölgan şamol elektr stansiyasini quriş reja qilingani hamda uni quriş böyiça tanlovga qatnaşiş istagi 70ta kompaniyadan kelib tuşgani haqida ma'lumot berdi.
Avvalroq, Samarqand va Jizzaxda quyoş fotoelektr stansiyasini quriş böyiça «Masdar» bilan bitimlar imzolangani xabar qilingandi.












