Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Köksaroy qarorgohida Pokiston boş vaziri şarafiga rasmiy qabul marosimi taşkillaştirildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, dastlab an'anaga köra davlatlar madhiyalari tinglandi. Şundan söng taniştiruv marosimi ötkazildi va davlat rahbarlari yakkama-yakka muzokaralarga yöl oldilar. Kun davomida kengaytirilgan tartibda yiğiliş va matbuot anjumani ham ötkazilişi közda tutilgan.

Taşrif dasturiga muvofiq, Toşkentda oliy darajadagi Özbekiston-Pokiston muzokaralari bölib ötadi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlaniş istiqbollarini muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Pokiston boş vaziri 16 iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya işida iştirok etadi.