«Pokiston toliblarni muzokaralarni boşlaş va afğon muammosiga tinç yeçim topişga köndiriş uçun barça vositalarni işga soldi. Afğonistonda bölayotgan voqealarda Pokistonni ayblaş juda ham adolatsizlik böladi. Bizning ustuvor [maqsadimiz] Afğonistonda tinçlikni ta'minlaşdir, çunki bu töğridan töğri Pokistonga ta'sir qiladi», degan Pokiston boş vaziri.

Şuningdek, Imron Xon Afğonistonning barça qöşnilari, mintaqaviy va xalqaro «öyinçilar»ni afğon muammosi yuzasidan siyosiy kelişuvga erişiş uçun birgalikda harakat qilişga çaqirdi.

Pokiston yetakçisi Afğoniston prezidenti Aşraf Ğanining Pokistonning muammodagi salbiy rolini eslatgani haqida ham gapirdi.

«[Undan köra], prezident Ğani Afğonistondagi mojarodan eng köp jabr körgan mamlakat – Pokiston haqida gapirsin. Sönggi 15 yilda Pokistonda 70 ming kişi halok böldi. Pokiston yangi-yangi mojarolarni xohlamaydi. Iqtisodiyotimiz endi oğir davrdan çiqib kelmoqda. Men uçun Afğonistondagi voqealarda Pokiston ayblanişini eşitiş juda oğir», dedi Imron Xon.

Bundan taşqari, Imron Xon AQŞ ham muammoga harbiy yöl bilan yeçim topişga uringani, toliblar muzokaralar stoliga ötirişni söragan vaqtda mamlakatga NATOning 150 ming askari kirib kelganini eslatdi.

«Agar AQŞ qöşinlarining çiqib ketiş sanasi aniq bölib turgan bölsa, nega toliblar biz bilan kelişuvga kelişi kerak?», deya qöşimça qilgan u.