BMT boş kotibi Antoniu Guterriş dunyo davlatlariga murojaat qilib, ularni Tokio Olimpiadasi vaqtida Olimpiya yaraşuviga amal qilişga çaqirdi. U, şuningdek, yaraşuv Olimpiadadan keyin ham davom etişiga umid bildirdi.      

“Olimpiya yaraşuvi – bu öyinlar ötkazilişi vaqtida barça zambaraklar tinişi kerakligiga an'anaviy işoradir. Men ixtiloflarning barça tomonlarini Tokiodagi Olimpiada va Paralimpiada vaqtida Olimpiya yaraşuviga amal qilişga hamda uni keyingi haftalar va oylar ham davom ettirişga çaqiraman”, deb aytgan Guterriş öz videomurojaatida.

BMT boş kotibi dunyo xalqlari Olimpiada vaqtidagi yaraşuvdan uzoq muddatga öt oçiş rejimini örnatiş va “barqaror dunyo”ga erişiş yöllarini izlaş uçun foydalanişlari mumkinligini aytgan. U Olimpiada pandemiya vaqtida ötişini va sportçilar unda iştirok etiş uçun “qiyinçiliklarni yengişlariga töğri kelganini” eslatib ötgan. “Biz tinçlik örnatişda ham şunday kuç va birdamlik namoyiş qilişimiz lozim”, deb ta'kidlab ötgan BMT rahbari.

Tokiodagi XXXII Olimpiya öyinlari 23 iyuldan 8 avgustga qadar bölib ötadi.