«Özgidromet»ning ma'lum qilişiça, Özbekistonda 16 iyul kuni iyul oyining örtasidagi qiymatlar uçun me'yoridan past bölgan havo harorati bilan çilla uçun xos bölmagan ob-havo kuzatilmoqda. Respublikaning markaziy va janubi-şarqiy hududlari böyiça kun davomida havoning özgarişi saqlanib turadi.

Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati 30–33 daraja, şimolda va janubda 36–39 darajagaça issiq böladi.

Şanba va yakşanba kunlari salqin havo massasi Özbekiston hududi çegarasidan çetga çiqadi va havo harorati me'yoriy qiymatlargaça kötariladi. Uşbu kunlarda respublikaning barça hududlarida, asosan, kam bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 35–38 darajagaça isiydi.

Şanba va yakşanba kunlari nafaqat Namangan va Farğona viloyatlarining toğli hududlarida, şuningdek Qirğizistonning toğli hududlarida, Farğona vodiysi bilan çegaradoş qismida qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.

«Bu mahalliy yomğirlar Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarining toğoldi va toğli hududlarida sel toşqinlari şakllanişiga sabab bölişi mumkin. Şuning uçun «Özgidromet» aholiga uşbu hududlarda joylaşgan dam oliş maskanlariga bormaslikni qat'iy tavsiya etadi», deya ogohlantirmoqda sinoptiklar.