Markaziy va Janubiy Osiyo aloqalarini qayta tiklaş muhim zaruratga aylandi - Şavkat Mirziyoyev
|17:12 / 16.07.202124 9756 min
Toşkent şahrida 16 iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya öz işini boşladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan anjumanda Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi boş vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining taşqi işlar vazirlari, jami 44ta mamlakat va 30ga yaqin xalqaro taşkilot delegatsiyalari, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari rahbarlari iştirok etmoqda.
Konferensiyani Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev oçib, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari örtasidagi tarixiy yaqinlik, uni bugungi kunda özaro işonç va manfaatdorlik asosida mustahkamlaşning ahamiyati haqida nutq sözladi.
Markaziy va Janubiy Osiyo azaldan bir-birining madaniyatini boyitgan. Buyuk ipak yöli hamda Hind-gang yöli orqali mahsulotlar, bilim, hunar va qadriyatlar tarqalgan. Köpinça bu mintaqalar yaxlit davlat tarkibida ham bölgan. Baqtriya va Kuşon imperiyasi, Turk xoqonligi, Ğaznaviylar, Temuriylar va Boburiylar davlati bunga yaqqol misoldir.
Mavzuga oid
Prezident tarixiy vaziyat taqozosi bilan ön töqqizinçi asrda ikki qöşni mintaqaning aloqalari uzilib qolganini ta'kidladi.
«Özaro ziddiyatlar kuçayib, keskin mojarolarga aylanişi tufayli Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida tösiqlar paydo bölib, çegaralar yopildi. Hamkorlik va bir-birini anglaş davri tugab, uning örnini qarama-qarşilik hamda işonçsizlik muhiti egalladi.
Buning salbiy oqibatlarini biz hozirgi vaqtda samarali transçegaraviy yöllar mavjud emasligi, savdo-iqtisodiy aloqalar yaxşi rivojlanmagani hamda madaniy-gumanitar munosabatlar salohiyati töliq işga solinmagani misolida ham sezib, his etib turibmiz», dedi prezident.
Şuningdek, prezident yangi global geosiyosiy özgarişlar davrida qariyb ikki milliard aholi yaşaydigan Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi özaro aloqalarni qayta tiklaş muhim hayotiy zaruratga aylanganini ta'kidladi.
«Öylaymanki, xalqlarimizning ulkan tarixiy, ilmiy, madaniy-ma'rifiy merosi hamda iqtisodiyotlarimizning özaro bir-birini töldiriş imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, mavjud intellektual salohiyatni, birgalikdagi sa'y-harakatlarimizni özaro muvofiqlaştiriş vaqti keldi.
Bugun dunyo ham tahdidlar, ham yangi imkoniyatlarni özida tutgan global geosiyosiy transformatsiyalar davriga qadam bosdi. Bunday şaroitda 2 milliarddan ziyod odam yaşayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi aloqalarning qayta tiklanişi yanada muhim va obektiv jarayonga aylanib bormoqda», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident nutqida şu maqsadlarga qaratilgan muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Avvalo, savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor ekani ta'kidlanib, bu sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş, kooperatsiya va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş uçun har yili mintaqalararo forum ötkaziş taklifi bildirildi.
Davlat rahbari Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyoni samarali va xavfsiz boğlaydigan transport-logistika infratuzilmasini barpo etiş masalasiga alohida e'tibor qaratdi. «Termiz - Mozori Şarif – Kobul – Peşovar» temir yölining qurilişi bu arxitekturada muhim böğin böladi. U ikki mintaqaning tranzit salohiyatini töla yuzaga çiqarib, yuk taşiş masofasi va vaqtini ança qisqartiradi. Şu boisdan ham, bu loyiha iştirokçi davlatlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.
Savdo, tranzit va bojxona jarayonlarini raqamlaştiriş, bu borada qöşma harakatlar strategiyasini qabul qiliş zarurligi qayd etildi.
Butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham dolzarb bölib bormoqda. Şu bois, prezident BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti şafeligida mintaqa mamlakatlari qişloq xöjaligi vazirlarining uçraşuvini ötkazib, qöşma dastur işlab çiqiş taklifini ilgari surdi.
Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, terrorizm, ekstremizm va transçegaraviy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş çora-tadbirlariga ham töxtalib ötildi.
Ekologiyani asraş, «yaşil» iqtisodiyotni rivojlantiriş dolzarbligi qayd etildi.
Markaziy va Janubiy Osiyoning turizm salohiyatidan keng foydalaniş maqsadida turoperatorlarning yagona platformasini şakllantiriş, Jahon sayyohlik taşkiloti iştirokida mintaqada turizmni yanada rivojlantiriş böyiça fikrlar bildirildi.
Ilmiy va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni köpaytiriş döstlik va işonçni mustahkamlaşda muhim örin tutişi ta'kidlandi. Şu yönalişda YuNeSKO şafeligida Termiz şahrida Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosiga bağişlangan xalqaro forum ötkaziş taklif etildi.
Davlat rahbari ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikka ham alohida ahamiyat qaratdi. Qöşma tadqiqot va tajriba almaşiş dasturlarini rağbatlantiriş, olim va tadqiqotçilar uçun yengillaştirilgan viza tartibini joriy qiliş muhimligini ta'kidladi.
Konferensiya arafasida Toşkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti oçildi. Prezident mazkur tahlil markazi negizida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan ekspertlar guruhi tuzişni taklif etdi.
«Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy-madaniy muştarakligi, mamlakat va xalqlarimizning bir-biriga mos keluvçi manfaatlari umumiy farovon kelajakni barpo etişimiz uçun asos böladigan mustahkam poydevordir. Birgalikda barqaror rivojlaniş istiqbollari böyiça aniq yondaşuvga ega bölişimiz lozim. Oldimizda Markaziy va Janubiy Osiyoni, butun Yevroosiyo qit'amizni birgalaşib barqaror, iqtisodiy taraqqiy etgan va farovon makonga aylantiriş maqsadi turibdi», – dedi u.
Şundan söng, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterrişning konferensiya iştirokçilariga yöllagan videomurojaati namoyiş etildi.
Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Aşraf Ğani, Pokiston Islom Respublikasi boş vaziri Imron Xon, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Jozef Borrel mintaqada hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari, bunda mazkur forumning ahamiyati haqida öz fikrlarini bayon etdi.
Konferensiya öz işini davom ettirmoqda.
Forumning yalpi va şö'ba majlislarida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy boğliqlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan imkoniyat va taşabbuslar muhokama qilinadi.
Konferensiya yakunlari böyiça maxsus rezolyutsiya loyihasi tayyorlanib, körib çiqiş uçun BMT Boş Assambleyasiga taqdim etiladigan böldi.