Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkaboğ tumanida tez tibbiy yordam maşinasida işlovçi şifokor iş vaqtida pivo içgani qayd etilgan video tarqaldi. Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi video yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, videodagi holatda tuman tez tibbiy yordam bölimi navbatçi şifokori Q.Jörayev va tez tibbiy yordam maşinasi haydovçisi tasvirlangan. Şifokor iş vaqtida oşxonada haydovçi bilan uzoq vaqt ovqatlanib ötirgan va u ovqatlanayotgan stol ustida pivo idişlari turgan bölgan.
Qayd etilişiça, mazkur vaziyat örganilib, tuman tibbiyot birlaşmasi jamoasining umumiy yiğilişida muhokama etilgan. Örganiş jarayonida video tasvirga olingan 2021 yil 8 iyul kuni şifokor Q. Jörayev bölimda navbatçi bölgani qayd etilgan. Ammo uning xizmat paytida oşxonada spirtli içimlik iste'mol qilganiga aniqlik kiritişning imkoni bölmagan.
Şifokorning özi pivo idişi undan avval şu stolda ovqatlangan mijozga tegişli bölganini aytgan. Q.Jörayevga navbatçilik paytida ovqatlaniş şoxobçasida uzoq vaqt qolib ketgani sababli Mehnat kodeksining tegişli moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazosi berilgan. Bölimda tibbiy xizmat ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilangan.












