Toşkentda ötkazilayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasiga taşrif buyurgan Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov tadbirda nutq sözladi.
«Avvalo bunday konferensiya taşkillaştirilgani uçun Özbekistonga va prezident Mirziyoyevga minnatdorçilik bildiraman.
Afğonistondagi vaziyat kun sayin murakkablaşib borayotgani kun tartibidagi qator masalalar yeçimi uçun bunday tadbirlar qançalik muhimligini körsatadi. Sönggi paytda AQŞ va NATO harbiy kontingentining bu davlatdan tezkor olib çiqilişi katta noaniqliklar hamda inqiroz holatini keltirib çiqarmoqda.
Vaziyat terroristik xavf hamda katta miqdordagi narkotik moddalar savdosiga zamin yaratyapti. Bu davlatdagi notinçlik qöşni davlatlarga tarqalişi xavfi bor. Bunday real xavf esa Afğonistonni hududiy hamkorlikka jalb etişga jiddiy tösiq böladi», deya xavotirlarini bildirgan Lavrov.
U rasmiy Moskva ziddiyat tomonlarining faol muloqoti va muzokaralar formatini kengaytiriş tarafdori ekanini qayd etgan.
«Rossiya Afğonistonda yovlaşayotgan tomonlarning sulhga erişişi tarafdori ekanligini yana bir bor ta'kidlayman. Faqat xalqaro hamkorlar kömagidagi töğridan töğri muzokaralargina masalaning yeçimi böla oladi.
Biz Afğonistonda tinçlik örnatişga qaratilgan barça harakatlarni, şu jumladan, bu boradagi Özbekiston taklif qilayotgan ğoyalarni ham qöllab-quvvatlaymiz.
Özbekiston prezidentining yangi transport koridorlari yaratiş böyiça ğoyalariga qiziqiş bildirmoqdamiz va muhokama qilişga tayyormiz. Hamkorlikdagi rejalarimiz orasida energetik loyihalar muhim örin egallaydi. Bu borada önlab loyihalar bor va ular orasidagi hamkorlikdagi loyihamiz Markaziy Osiyoda birinçi bölgan va Özbekistonda yölga qöyilayotgan atom elektrostansiyasini alohida ta'kidlamoqçiman», deya Rossiya Taşqi işlar vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Afğonistonda hukumat kuçlari va «Tolibon» harakati vakillari örtasida töqnaşuvlar davom etmoqda, köp vaqt davomida asosan mamlakatning qişloq hududlarida faoliyat körsatgan toliblar, amerikalik harbiylar mamlakatdan olib çiqilişi boşlangaç, keng kölamli yurişlar boşladi va köplab tumanlar markazlari egallab olindi.
2020 yilda Donald Tramp ma'muriyati «Tolibon» bilan 20 yilga yaqin davom etgan uruşni yakunlaş va xorijiy harbiylarni Afğonistondan olib çiqiş böyiça kelişuv imzoladi, unga köra, toliblar mamlakat hududida terrorçi kuçlar faoliyatiga yöl qöymasligi va Kobuldagi rasmiy hukumat bilan asirlar almaşib, tinçlik muzokaralariga kirişişi közda tutilgandi.














