B.A.dan 4.000 AQSh dollari va 15.000.000 so‘m pullarni olib ketadi. Ammo va'da qilingan sholi mahsulotlarini olib bermasdan, pullarni shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Fuqaro N.B o‘zining bu noqonuniy xatti-harakatlari bilan o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qo‘rg‘ontepa tuman “Dehqon bozori” MChJ moddiy javobgar shaxslari asossiz ravishda oylik maoshlari va savdo xizmatidan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilganligi xabar qilingan edi.










