Prezident Şavkat Mirziyoyev «Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyani ötkaziş taşabbusini ilgari surişda Özbekiston qanday omillardan kelib çiqqani aytib ötdi.

«Birinçidan, qöşni mamlakatlar bilan tinçlik va döstlik, işonç va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş, özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, konstruktiv siyosat olib boriş Markaziy va Janubiy Osiyodagi barça davlatlarning umumiy manfaatlariga javob beradi.

Ikkinçidan, biz mamlakatlarimiz va mintaqaning uzoq muddatli istiqboli, kelgusi rivojlanişining asosiy drayveri bölib xizmat qiladigan barqaror savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini şakllantiriş tarafdorimiz.

Biz özaro hamkorlikni iqtisodiyotni raqamlaştiriş, elektron savdoni rivojlantiriş va innovatsiyalarni keng joriy etiş orqali mustahkamlaşga obektiv ehtiyoj sezmoqdamiz.

Uçinçidan, Afğoniston Islom Respublikasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy boğliqligini amalda ta'minlaşning muhim böğinlaridan biri hisoblanadi.

Işonamizki, mintaqaviy şerikligimiz uşbu mamlakatda tinçlik va barqarorlik örnatiş, uning iqtisodiy tiklanişi uçun muhim omil bölib xizmat qiladi.

Bugun Afğoniston özining eng yangi tarixidagi muhim buriliş davrini boşdan keçirmoqda. Biz donişmand afğon xalqi umummilliy murosaga erişiş yölida özaro kelişuvlarga tayyor ekanini namoyiş etişiga aminmiz.

Afğon zaminida köpdan buyon kutilayotgan tinçlikka erişiş uçun mojaroni siyosiy yöl bilan hal etiş va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qöllab-quvvatlanişi prinsipial muhim ahamiyatga ega. Bu Afğonistonning umummintaqaviy jarayonlarga integratsiyasi uçun yangi istiqbollar eşigini oçadi.

Törtinçidan, xavfsizlik va barqarorlik – mintaqalarimizning izçil rivojlanişi va özaro aloqalarimiz mustahkamlanişining asosiy şartidir. Bizning xavfsizligimiz bölinmasdir va uni faqat konstruktiv muloqot hamda birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz orqali ta'minlaş mumkin», deya prezident Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.