UzbekLife’ning navbatdagi suhbatdoşi Italiyaning Turin şahridagi “Politecnico di Torino” universiteti magistranti Toirxöja Mahamatxöjayev böldi.

Qahramonimiz Toşkent viloyatining Qibray tumanida tuğilib ösgan.

Suhbatimiz Italiyadagi ta'lim tizimi, uning öziga xosliklari, imkoniyatlari va şu kabi boşqa mavzularda keçdi.

Öqiş va iş faoliyati

Universitetda öqiş bilan birga ikkinçi kursdan boşlab Turin politexnika universitetining Mexatronika laboratoriyasida kiçik muhandis sifatida öz mehnat faoliyatimni boşlaganman. Şundan söng Turin politexnika universiteti qoşida taşkil etilgan “Turin Invest Engineering” MÇJ xodimlar bölimida inspektor lavozimida faoliyat körsatganman. Şu bilan bir qatorda, bolalar uçun taşkil qilingan robototexnika kurslariga rahbarlik qilganman hamda bolalarga robototexnikadan dars berganman. Öqişni tamomlagaç, mehnat faoliyatimni “UzAvtoSanoat” AJda davom ettirdim. Uşbu kompaniyaga qaraşli “MAN Auto-Uzbekistan” Germaniya-Özbekiston qöşma korxonasida yetkazib beruvçilar uçun javobgar muhandis lavozimida işlaganman. Bu yerda bir yildan ortiq vaqt davomida mehnat faoliyatini olib borgaç, 2019 yilda Italiyaning Turin şahridagi “Politecnico di Torino” universiteti magistraturasi “Engineering and management” yönalişiga öqişga qabul qilindim. Joriy yilda magistratura bosqiçini muvaffaqiyatli tamomlab, magistr unvoniga sazovor böldim.

Italiyadagi Özbekiston yoşlar assotsiatsiyasi

Şuningdek, men joriy yil taşkil etilgan Italiyadagi Özbekiston yoşlar assotsiatsiyasi boş koordinatori hisoblanaman. Uşbu taşkilotning asosiy maqsadi Italiyada ta'lim olayotgan, faoliyat yuritayotgan va şuningdek, Italiyada ta'lim olişni rejalaştirayotgan yoşlarga yordam körsatiş hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib Assotsiatsiya faoliyat doirasi ançayin kengaydi. Italiyaning beşta şahrida, xususan, Turin, Bolonya, Rim, Venetsiya hamda Sitsiliya şaharlarida öz koordinatorlarimizni tayinlaşga muvaffaq böldik. Aynan uşbu hududlarda faoliyatimizni kengaytirişni boşlaganimizning asosiy sababi uşbu şaharlarda özbek talabalari köpçilikni taşkil etadi.

13 yillik maktab ta'limi