Betting, ya’ni sport öyinlariga pul tikiş – bu şunçaki yomon odat emas – bu haqiqiy ruhiy buziliş. Unga bir marta kirib qolgan odam çiqib ketişi juda qiyin böladi. Giyohvandlarni dozaga qanday “torsa”, qimorbozlarni ham pul tikişga xuddi şunday “tortadi” va bu şunçaki metafora emas.
Jahon Soğliqni Saqlaş Taşkiloti bu kasallikni “qimor öyinlariga bölgan patologik qaramlik” deb nomlagan, ya’ni maniya darajasidagi betting – alkogolizm va narkomaniya bilan bir qatorda turuvçi kasallik.
SUBeKTIV'ning navbatdagi soni ana şu dardga çalingan insonlar haqida sözlaydi.
Odamzot garov öynaş va özining haqligini isbotlaşni har doim yaxşi körgan, ya’ni azart hammada bor. Lekin internetning paydo bölişi va rivojlanişi insonlardagi ana şu azart yuzaga çiqişi uçun hamma yöllarni oçib yubordi. Internet davrida endi sport öyinlariga pul tikiş mutlaqo yangi bosqiçga çiqdi.
Qimorni odamlar hamma zamonda öynaşgan, lekin u heç qaçon hozirgiday oçiq va misli körilmagan miqyosda bölmagan. Bugun millionlab insonlar – totalizator qurboni, çunki unda kimdir pul yutişi uçun kimdir albatta yutqizişi kerak: ikki tarafga ham foyda keltiruvçi soğlom sportdagidek “win-win” bu yerda ketmaydi.
Onlayn qimorga mukkasidan ketganlar Özbekistonda ham kun sayin köpayib boryapti. Biz uç nafar aşaddiy “totalçi” bilan suhbatlaşdik. Ulardan ikki nafari şaxsi anonim qoliş şarti bilan intervyuga rozi böldi.
Şunisi e’tiborliki, uçala suhbatdoşimiz ham totalizator öynaşni 16–18 yoşlaridan boşlagan. Ulardan biri 12 yil davomida onlayn qimor öynab, şu vaqt mobaynida jami 300 ming dollarga yaqin pulni yutqazib qöyganini sözlab berdi.
Özbekistonda totalizator qonuniylaşişi mumkin. Lekin bundan naf yöq, zarar esa kafolatlangan
Köpçilikda savol tuğilişi mumkin: bukmekerlik faoliyatiga Özbekistonda ruxsat berilganmi yoki yöq?
Futbolni rivojlantirişga oid, 2019 yilda qabul qilingan prezident farmonida 2021 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston hududida bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilişi belgilangan, lekin bu faoliyat turini tartibga soluvçi hukumat qarori hali çiqqaniça yöq. Demakki, hozirgi kunda bu faoliyat turi Özbekistonda noqonuniy hisoblanadi.













