Aralaş yakkakuraşlar jangçisi, özbekistonlik Murod Xontörayev özining piçoqlangani haqidagi xabarlarni rad etgan bölsa-da, u 15 mart kuni «kesib-sançilgan jarohatlar» bilan kasalxonaga yotqizilgani ma'lum böldi.
Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 15 martga ötar keçasi soat 1:55da Murod Muxamadusmonoviç Xontörayev Toşkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasiga xirurgiya bölimiga «kesib-sançilgan jarohatlari» bilan murojaat qilgan.
Murod Xontörayev klinikaga yetib kelgan militsiya xodimlariga öz uyi oldida ehtiyotsizlik natijasida yiqilib tan jarohati olganini, heç kim bilan urişmaganini ma'lum qilgan.
Oradan tört kun ötib, 19 mart kuni mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Lekin jinoyat işi kimga nisbatan qözğatilganiga oydinlik kiritilmagan.
Bugun, 27 mart kuni GoSport naşri «Murod Xontörayev yana piçoqlandi» sarlavhali xabar tarqatgandi. Köp ötmasdan Murod Xontörayev Instagramida bu xabarni rad etdi.
Eslatib ötamiz, Xontörayev 2018 yil davomida ham ikki marta piçoqlangan edi. U 2018 yil 21 iyunga ötar keçasi bir qator şaxslar bilan birgalikda Yunusoboddagi tungi klublardan birida «jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani» haqida xabar berilgandi. Öşanda uning özi tan jarohati (kökragiga piçoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-şahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgandi.
2018 yilning 26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgani xabar berilgandi.
Keyinçalik, internetda MMA jangçisi Murod Xontörayevning ofisiga uyuştirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.












