Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tojik-afg‘on chegarasidagi mashqlarga jangovar aviatsiya, zirhli texnika va maxsus kuchlarni yuboradi - OAV
O‘zbekistonlik askarlar va zobitlar qo‘shni hududdan jangarilarning kirib kelish ehtimoli bo‘yicha Tojikiston va Rossiya harbiylari bilan birgalikda tojik-afg‘on chegarasini himoya qilish bo‘yicha mashq o‘tkazadi.
Joriy yil 1 avgustdan 10 avgustgacha Tojikistonning Afg‘oniston bilan Xatlon yo‘nalishidagi chegarasida Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashqlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatining xavfsizlik blokidagi manbaga asosan xabar qilmoqda.
Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining qo‘shma aksilterror mashqlari Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan «Harbmaydon» harbiy poligonida o‘tkaziladi.
Mashqlarda harbiy-havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa kuchlari, zirhli transport vositalari va uchta davlatning maxsus kuchlari ishtirok etadi.
“Mashqlardan ko‘zlangan maqsad - Afg‘onistondan Tojikistonga terrorchilarning kirib borishi ehtimoli bo‘yicha chegarada uch davlat harbiylarining harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Manbaning ta'kidlashicha, rejalashtirilgan tadbir - "Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiyaning birinchi to‘laqonli qo‘shma mashqlaridir".
Avvalroq, Afg‘oniston hukumati va toliblar sulh haqida kelisha olmagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026