Toşkent şahrida ötkazilgan xalqaro konferensiyaga 600 nafardan ortiq mehmonlar taşrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma'lum qildi. 

Uning sözlariga köra, 15-16 iyul kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya xalqaro miqyosda katta qiziqiş uyğotgan.

OAV uçun ötkazilgan an'anaviy brifingda Kun.uz muxbiri prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovga “Toşkent konferensiyasiga jami neça nafar iştirokçi taşrif buyurdi, kutilgan mehmonlarning barçasi kelişdimi?” deya savol berdi.

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiya xalqaro miqyosda katta qiziqiş uyğotdi. 80 dan ziyod nufuzli xorijiy OAVlari vakillari bevosita Toşkentga kelib yoritişdi. Bundan taşqari, anjuman onlayn tarzda ham yirik platformalar orqali uzatib borildi.

Mehmonlar soniga kelsak, taklif qilingan mehmonlarning barçasi yetib kelişdi. Umumiy hisobda 600 nafardan ortiq iştirokçilar mazkur konferensiyada qatnaşdi.

Fursatdan foydalanib, xorijiy va mahalliy jurnalistlarga tadbirni faol yoritib borganlari uçun minnatdorçilik bildiraman”, dedi Şerzod Asadov savolga javoban.