Uning sözlariga köra, Afğoniston muhim buriliş davrini boşdan keçirmoqda. Bu diyorda tinçlikka erişiş uçun mojaroni siyosiy yöl bilan hal etiş çoralari muhokama qilingan.

“Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyoni boğlovçi mamlakatlar bu - Afğoniston va Pokistondir. Konferensiyaga uşbu davlatlar yetakçilari kelgani uning nufuzini ham, natijasini ham oşirdi. 

Davlatimiz rahbari Köksaroy qarorgohida ular bilan muzokara ötkazdi. Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Aşraf Ğani bilan uçraşuv bir soatga möljallangan edi, lekin qariyb uç soat davom etdi. Sababi, u yerdagi hozirgi vaziyatni bilasiz. Bugun Afğoniston muhim buriliş davrini boşdan keçirmoqda. Bu diyorda tinçlikka erişiş uçun mojaroni siyosiy yöl bilan hal etiş çoralari muhokama qilindi. Prezidentimiz Özbekiston bundan buyon ham bu yölda faol kömaklaşişga tayyorligini ta'kidladi.

Kunning ikkinçi yarmida Şavkat Mirziyoyev yurtimizga rasmiy taşrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi boş vaziri Imron Xon bilan muzokara ötkazdi. Unda asosiy e'tibor ikki davlat örtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, investitsiyaviy va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş masalalariga qaratildi. 

Özaro savdo hajmini 4-5 barobar köpaytiriş imkoniyati borligi ta'kidlanib, buning uçun kargo-aviaqatnovlarini yölga qöyiş, tadbirkorlar va hududlar örtasida aloqalarni kengaytiriş, ikki tomonlama imtiyoz va preferensiyalar beriş böyiça kelişuvlarga erişildi”, dedi Şerzod Asadov brifing çoğida.