Barçamiz soğlom bölişni xohlaymiz va şunga intilamiz. Biz bolalarimizning soğlom bölişini, ayniqsa hamma narsadan köproq istaymiz. Hayot esa boşqaça: issiq jon borki betob böladi, jumladan bolalar ham. Afsuski, jiddiy va öziga xos, aytiş mumkinki, öz belgilarini “körsatmaydigan”, hamişa ham davolab bölmaydigan, ustiga-ustak qaytalaniş ehtimoli katta bölgan makkor kasallikka uçragan bolalar ham bor. Davolanişi qiyin bölgan bu kasallik – leykimiyadir. Leykimiyaga uçragan bolalar va ularning ota-onalari bu xastalik hamlasiga doş beriş uçun davlat, jamiyat va savobtalab odamlarning kömagiga har doim muhtojlar. 

Aynan şu sababli ayni paytda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan onkogemotologik tibbiyot muassasalarida bemorlarga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, kölami va samaradorligini oşirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 14 may kuni davlatimiz rahbarining Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoşidagi Bolalar gemotologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markaziga taşrifi çoğida bemor bolalarga aytgan uşbu sözlari hammamizning yodimizda: «Faqat yaxşi narsalarni öylang, şunda hammasi amalga oşadi. Kuçli bölinglar, ota-onangizni xursand qilinglar. Sizlar tuzalib, soğlom bölsangiz, men ham baxtliman. Heç narsadan taşvişlanmang, hammasi yaxşi böladi!».

Enter Engineering kompaniyalar guruhi öz an'anasiga sodiq holda bu safar ham xayrli işlardan çetda turgani yöq. Markazni moddiy-ma'naviy qöllab-quvvatlaş maqsadida kompaniya tomonidan zarur maişiy texnika vositalari (6 ta kir yuviş maşinasi, 6 ta mikrotölqinli peç) va körpa-yostiq jildlari (450 ta töplam) xarid qilinib, markazning yangi binosiga yetkazib berildi. Muqaddas bayramimiz Qurbon hayiti arafasida Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda bemor bolalar uçun bayram tadbiri uyuştirildi. Ta'kidlaş joizki, bu bizning ÖzR Milliy gvardiyasi bilan birgalikdagi birinçi tadbirimiz emas. Uşbu davlat tuzilmasi Enter Engineering xayriya tadbirlarini doimo qöllab-quvvatlab keladi. Yaqindagina biz şavkatli gvardiyaçilarimiz bilan birgalikda Zangiota tumanidagi «Ibrat» mahallasida zamonaviy bolalar maydonçasini qurib va uning tantanali oçiliş marosimini taşkil etgan holda ibratlik bolajonlarni quvontirgan edik. Bu safar esa Milliy gvardiya orkestrining çiqişi bayramona kayfiyatni yanada oşirdi, çolğuçilar ijrosidagi musiqiy asarlar bolalar va ularning ota-onalariga juda yoqdi, Faxriy qorovul rotasining körgazmali çiqişi ham bolajonlarni maftun etdi.