Peruda ötgan prezident saylovlarida “Ozod Peru” partiyasi vakili Pedro Kastilo ğalaba qozondi. Amaldagi prezident Fransisko Sagasti öz vorisini ğalaba bilan tabrikladi.

“Prezident va vitse-prezident saylovlari ğoliblari deb Xose Pedro Kastilo Terrones va Dina Ersiliya Bularte Segarra e'lon qilinsin”, deb aytgan Peruning milliy saylov hay'ati boş kotibi Lurdes Rita Vargas Uaman.

6 iyunda Peruda prezident saylovlarining ikkinçi bosqiçi bölib ötgandi. Barça ovozlar hisob-kitob qilingaç, Kastilo 50,12 foiz ovoz bilan ğalaba qozongani ma'lum qilingandi. Uning raqibi, “Xalq kuçi” partiyasi vakili Keyko Fuximori esa 49,78 foiz ovoz töplagan.

19 iyulda Peru saylov hay'ati “Xalq kuçi” saylovlar natijalari böyiça bergan şikoyat arizalarining oxirgi beştasini rad etgan. Şundan keyin Fuximori öz mağlubiyatini tan olişga tayyorligini ma'lum qilgan.

Peruning yangi prezidenti 28 iyulda öz lavozimiga kirişadi.

Peru prezidenti 5 yillik muddatga saylanadi.