Prezidentning «Davlat xaridlari şaffofligini ta'minlaş va samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 5 iyuldan boşlab:

a) tegişli korporativ buyurtmaçilari tomonidan:

  • davlat xaridlarini amalga oşirişda xarid qiliş tartib-taomillarini ötkaziş töğrisidagi e'lonlar va davlat xaridlari natijalari töğrisidagi axborotni maxsus axborot portali va OAVda joylaştiriladi;
  • tovarlarning (işlarning, xizmatlarning) qiymati 25 000 BHMdan oşgan hollarda, xaridga doir texnik topşiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan ötkaziş uçun Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qiliş markazi» DUKga kiritiladi;
  • davlat xaridlarining yillik va çoraklik reja-jadvallari, şuningdek import qiliş rejalaştirilgan tovarlar (işlar, xizmatlar) röyxatlari xaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengaşi majlisida körib çiqiladi;

b) korporativ buyurtmaçilar uçun individual tarzda Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini töğridan töğri yoki tender savdolarini ötkazmasdan amalga oşirişning mavjud tartiblari bekor qilinadi.

Davlat xaridlari oçiq va şaffof amalga oşirilişini ta'minlaş böyiça Respublika komissiyasi taşkil etildi. Moliya vazirligi komissiyaning işçi organi etib belgilandi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat xaridlarini amalga oşiriş jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmaçilari röyxati;
  • Davlat xaridlari oçiq va şaffof amalga oşirilişini ta'minlaş böyiça Respublika komissiyasi töğrisidagi nizom.

Yetkazib beruvçilarning dastlabki malaka tanlovini ötkaziş böyiça idoraviy NHHlar işlab çiqiladi va qabul qilinadi, şuningdek ombor va transport logistikasini boşqariş tizimidagi jarayonlarni avtomatlaştiriş orqali «E-ombor» tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga oliş elektron tizimi joriy etiladi.