Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda do‘l yog‘masligi uchun bulutlarga ta'sir ko‘rsatilgan
20 iyul kuni Namangan viloyatining ayrim hududlarida kuchli jala kuzatildi.
Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati
Namangan viloyat FVB matbuot xizmatiga ko‘ra, 20 iyul kuni soat 19.00 atrofida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Olabuqa tumani hududidan Kosonsoy tumanining «Obod» mahallasi hududiga chaqmoq-momaqaldiroqli bulutli zona kirib kelgan.
Tumanlardagi FVB Gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir ko‘rsatish boshqaruv monitoring stansiyasi tomonidan do‘l yog‘masligi uchun bulut zonasi atrofiga ta'sir ko‘rsatilgan.
Shuningdek, viloyatning Uychi, Namangan, To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahrida kuchli jala yog‘ib o‘tdi.
Hozirda Namangan shahri, Kosonsoy hamda To‘raqo‘rg‘on tumanlarida FVB kuchlari ish olib bormoqda.
«Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari, xususan, viloyat hokimi va sektor rahbarlari voqea joyiga chiqib, zarur choralar ko‘rilganini ma'lum qilamiz. Tumanlardan suv tortish va boshqa qo‘shimcha texnikalar safarbar etildi. Jabrlangan, tan jarohat olganlar yo‘q», deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
12:09 / 19.12.2025
Hafta oxirida yana qor yog‘ishi kutilmoqda
15:53 / 16.12.2025