Olimpiada şioriga “birgalikda” sözi qöşildi. Endilikda u “Citius, altius, fortius – communis!”, ya'ni “Tezroq, balandroq, kuçliroq – birgalikda!” kabi yangraydi.
Adamsning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, şiorni özgartiriş ğoyasi “odam sportda ham, oddiy hayotda ham atrofidagi odamlar, jamoasiz tezroq, balandroq yoki kuçliroq böla olmasligini” ta'kidlab ötişdan iborat.
“Olimpiada qadriyatlari nafaqat şaxsiy ustunlik, balki seni xoh murabbiy, oila yoki şifokoring bölsin, jamoang qurşab turişidan iborat. Şiorni yangilaş ğoyasi şundaki, zamonaviy dunyoda tezroq yurişni istasang, buni mustaqil qilişing mumkin, biroq uzoqroqqa borişni istasang, buni birgalikda qilişing kerak”, deb aytgan XOQ vakili.
XOQning avvalgi şiori – “Citius, altius, fortius!” fransuz ruhoniysi Anri Didon tomonidan öylab topilgan. Şior zamonaviy Olimpiya öyinlari asosçisi Per de Kuberten tomonidan taklif etilib, 1894 yilda ötgan birinçi Olimpiya kongressida qabul qilingan. Uşbu şior birinçi marta 1924 yilda Parijda ötgan Olimpiadada yangragan.












