2020 yilgi Tokio Olimpiadasida ilk musobaqalarga start berildi.
1996 yildan beri birinçi marta Olimpiada dasturini futbol emas, softbol oçib berdi. Fukusimadagi stadionda Avstraliya va Yaponiya ayollar terma jamoalari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv yapon sportçilari foydasiga 8:1 hisobida yakunlandi.
Ta'kidlanişiça, Öyinlar boşlanişi joyi sifatida Fukusima bejiz tanlanmagan. Bu 2011 yilda Fukusimada yuz bergan texnogen falokatdan keyin hududning tiklanganini ifodalaydi.
Olimpiadaning oçilişi 23 iyulda bölib ötadi.
Softbol beysbolning turlaridan biri bölib, unda yumşoqroq töp va uzunroq bita bilan öynaladi. Uşbu sport turi Olimpiada dasturiga har doim ham kiritilmaydi. U 1996–2008 yillardagi Olimpiadalar dasturiga kiritilgan, biroq 2024 yil Parijda ötadigan Olimpiadada yana bölmaydi.













