Yangi avloddagi poyezd Tsindao şahrida ommaga taqdim qilindi. U hozirça yagona nusxada yaratilgan bölib, Xitoyda ayni vaqtda u harakatlanişi mumkin bölgan liniyalar mavjud emas. Ta'kidlanişiça, bunday poyezdlarda taxminan 10 yildan keyin yuriş mumkin böladi. Öşa vaqtgaça mamlakatda uzunligi ming kilometrgaça yetadigan 9ta tezyurar liniya quriladi.

Poyezd loyihasi ustidagi işlar 2016 yil oktyabridan olib borilgan. 2020 yil iyunda Şanhayda uning ilk sinovlari boşlangan.

Poyezd magnit podveska negizida işlab, u relslarda magnit maydon kuçi yordamida harakatlanadi va bu vaqtda rels sirtiga tegmaydi. Uşbu texnologiya harakatlaniş vaqtida şovqinni minimallaştirişga imkon beradi.

Biroq Ginness rekordlar kitobiga köra, ayni vaqtda magnit yostiqda harakatlanuvçi poyezdlar orasida tezlik rekordi Yaponiyaga tegişli. 2015 yilda Central Japan Railway Company’ga tegişli Series L0 (A07) poyezdi 603 km/soat tezlikka erişgan.

Yanvarda “Sinxua” axborot agentligi Xitoyda işlab çiqilayotgan tezyurar poyezd prototipi 620 km/soat tezlikka erişişi kutilayotganini ma'lum qilgan.

Xitoy tezyurar temir yöllar quriş böyiça dunyoda yetakçi hisoblanadi. Ma'lumotlarga köra, 2020 yil oxirida mamlakatda 37,9 ming kmdan iborat tezyurar temir yöllar tarmoği mavjud bölgan.