Gvineya koronavirus sababli öz sportçilarini Tokio Olimpiadasiga yubormaslikka qaror qildi. Bu haqda sport vaziri Sanussi Sou ma'lum qildi. Biroq AFP manbasining xabar berişiça, aslida bunday qaror qabul qilinişiga Gvineyadagi moliyaviy muammolar sabab hisoblanadi.
“Koronavirus turlari faol tarqalayotgani sababli hukumat öz sportçilari salomatligi haqida qayğurib, katta afsus bilan ularning Tokiodagi iştirokini bekor qilişga qaror qildi”, deb ma'lum qilingan sport vazirining Gvineya Olimpiya qömitasiga yöllagan maktubida.
Gvineyadan Olimpiadada erkin kuraş, dzyudo, suziş va yengil atletika böyiça 5 sportçi iştirok etişi kerak edi.
Bungaça Gvineya 11 marta Olimpiadada iştirok etgan. Gvineyalik sportçilar Olimpiadalardagi iştiroklarini 1968 yilgi Olimpiya öyinlaridan boşlaşgan, biroq hanuzgaça birorta medalni qölga kiritişmagan.
Tokio Olimpiadasi 23 iyulda oçiladi. 21 iyulda ilk musoqabalarga start berildi. Hozirda Tokioga kelgan sportçilar, delegatsiyalar va Olimpiadaga aloqasi bor boşqa şaxslardan 80dan köpida koronavirus aniqlandi.
Avvalroq Şimoliy Koreya koronavirus sababli Olimpiadada iştirok etişdan voz keçgandi.












